Durov Rossiyadagi Telegram uzilishlarini tanqid qildi
Olam
−
16:37 629 1 daqiqa
Rossiyada foyfalanuvchilar bir necha kundan beri Telegram messenjeri faoliyatida muammolar yuzaga kelayotgani haqida xabar bermoqda. Bu holat kecha, 10 fevral kuni Roskomnadzorning messenjer faoliyatini cheklash haqidagi qaroridan keyin yuz bergani aytilmoqda.
Telegram asoschisi Pavel Durov mazkur vaziyatga munosabat bildirib, platforma so‘z erkinligi va foydalanuvchilarning shaxsiy hayotiga hurmat tamoyillariga sodiq qolishini ma’lum qildi.
“Fuqarolarning erkinliklarini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror emas. Telegram har qanday bosimdan qat’i nazar, so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qiladi”, deydi Durov.
U, shuningdek, 2018 yilda Eron sudi mamlakatda Telegram’dan foydalanishni taqiqlaganini eslatdi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda ham cheklovlar kutilgan natijani bermagan.
“Sakkiz yil oldin Eron ham xuddi shunday strategiyani sinab ko‘rgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Taqiqqa qaramay, aksariyat eronliklar cyenzurani chetlab o‘tib, Telegram’dan foydalanishda davom etmoqdalar”, deydi u.
Hozircha Rossiya rasmiylari cheklovning sabablari va muddati bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada Telegram faoliyati qisman cheklana boshlagani haqida xabar berilgandi. Messenjer mamlakatda avval ham ta’qiqlarga uchragan, Xususan, 2018 yilda to‘liq bloklangan bo‘lsa, 2025 yilda qo‘ng‘iroqlarga cheklov o‘rnatilgan.
Jamshidbek Amirov
Live
Barchasi