Endi o‘quvchilar davomati “aqlli” kameralar bilan nazorat qilinadi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarga sinov tariqasida o‘rnatilayotgan “aqlli” kameralar yordamidan o‘quvchilar davomati nazorat qilinadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining 2025 yil 18 sentyabrdagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra:

  • maktab o‘quvchilarining davomati sinf miqyosida fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platformasi orqali har kuni belgilab boriladi.
  • Nizomga asosan maktabda faoliyat yurituvchi inspektor-psixolog tomonidan sababsiz dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga dastlab o‘rnatilgan tartibda rasmiy ogohlantirish xati yuboriladi.

Bunda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan o‘quvchining maktabga ta’lim olishi uchun muntazam borishini ta’minlash so‘raladi hamda mazkur qonuniy talabni bajarmaslik ularga nisbatan tegishli qonuniy javobgarlik belgilanishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiriladi.

Shuningdek, o‘quvchilarning muntazam ravishda darslarga qatnashmaslik holatlari aniqlanganda, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra tegishli javobgarlikka tortish chorasi ko‘riladi.

“Aytish lozimki, ayni vaqtda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarga sinov tariqasida o‘rnatilayotgan “aqlli” kameralar mazkur jarayonlarni yanada samarali tashkil etishda maktab ma’muriyatiga katta ko‘mak berishi tabiiy”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, bu maktab jamoasi, balki ota onalarning ham o‘z farzandlarini ta’lim olishi va darslarga qatnishishini onlayn nazorat qilish, shuningdek, ularning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasidan:

  • ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
  • xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatilib, ularda “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomati nazorat qilinishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab Mirzo Ulug'bek aqlli kamera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing