Bektemirda yarim kg sintetik narkotik olib ketayotgan yo‘lovchi ushlandi
3-sahifa
−
02 may 1542 1 daqiqa
Toshkent shahrining Bektemir tumanida Toshkentga olib kirilayotgan sintetik giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga harakatlanib kelayotgan Neksiya avtomashinasi to‘xtatib tekshirilgan. Jarayonda yo‘lovchining sumkasidan oq polietilen paketga o‘ralgan moddalar aniqlangan.
Shundan so‘ng, ushbu giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.
Xabarga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchining yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada, sintetik giyohvandlik vositalari, elektron tarozi, qadoqlash uchun mo‘ljallangan zip paketlar va boshqa buyumlar topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchidan olingan giyohvandlik moddalarining og‘irligi yarim kilogrammni tashkil qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda erkak 46 kg “gashish” bilan ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi