Erdo‘g‘an Eronning Ozarbayjonga qilgan hujumini qoraladi (video)

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Eronning Ozarbayjonga qilgan hujumlarini qat’iy qoraladi. Bu haqda u kecha, 5 mart kuni hunarmandlar va tadbirkorlar bilan iftorlik doirasidagi uchrashuvda so‘z ochdi.

Davlat rahbari Aliyev bilan suhbatlashganini va bu hujumdan chuqur afsusda ekanini bildirgan.

“Biz Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdik. Ilhom qardoshimga Naxichevon nishonga olingan hujumdan chuqur afsusda ekanimizni va bu hujumni qat’iy qoralashimizni bildirdim”, deydi Prezident.

Shuningdek, u bu kabi keskin nizolarning oldini olish uchun harakat qilinayotganini va buni uddalashini aytgan.

“Mintaqamizda yana qon to‘kilmasligi, yana begunoh insonlar halok bo‘lmasligi hamda keskinlik kuchayib, qaytib bo‘lmaydigan darajaga yetib bormasligi uchun olib borayotgan ko‘p qirrali diplomatik sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Hech kim xavotir olmasin. Allohning izni bilan Turkiya bu mintaqaviy keskinlikdan ham muvaffaqiyat bilan chiqadi”, deydi Erdo‘g‘an.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan kecha, 5 mart kuni telefon orqali muloqot qilgan. Suhbat davomida davlat rahbarlari Naxichevon Muxtor Respublikasiga uyushtirilgan hujumni muhokama qilgan.

Prezident Erdo‘g‘an uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan hujumni qoralab, Prezident Aliyevga hamda qardosh Ozarbayjon xalqiga hamdardligini bildirgan.

Eronning Ozarbayjonga hujumi

Bugun, 5 mart kuni Eron raketasi Ozarbayjonning Naxichevon Muxtor Respublikasi hududidagi aeroportga qulab tushdi.

Naxichevon Ozarbayjonning Eron, Turkiya va Armaniston bilan chegaradosh eksklavi bo‘lib, Janubiy Kavkazda strategik jihatdan muhim hudud hisoblanadi. Agar bu hodisa tasdiqlansa, mintaqaviy xavfsizlik va siyosiy vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.  

Mazkur voqeadan so‘ng, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Unda bitta dron Naxichevon xalqaro aeroportining terminal binosiga zarba bergan, yana boshqa bir dron esa Shakarobod qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga tushgan. Hududdagi maktab o‘quvchilar va o‘qituvchilari esa evakuatsiya qilingan. 

Mazkur voqeadan so‘ng Eron Islom Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Mujtabo Demirchilu Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan, u yerda Eron tomoniga keskin norozilik bildirilgan va tegishli norozilik notasi topshirilgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Eronning Naxichevon Muxtor Respublikasidagi aeroportga qilgan hujumi javobsiz qolmasligini bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, hujumdan jiddiy xavotir bildirgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Eronning Naxichevonga qilgan hujumini terroristik deb atadi va buning uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgan. Shuningdek, u Eronning Naxechivonga qilgan hujumuni “nonko‘rlik” sifatida baholab, bu tajovuzga “temir musht” bilan javob qaytarishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing