“Grenlandiyadan qo‘lingni tort”. Daniyada Trampga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda (video)

Olam

image
Grenlandiya kelajagi kimning qo‘lida? north_east

Grenlandiya kelajagi kimning qo‘lida?

 Bugun 17 yanvar kuni Daniyaning yirik shaharlari va Grenlandiya avtonom hududida minglab odamlar AQSH prezidenti Donald Trampning orolni qo‘shib olish haqidagi bayonotlariga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Namoyishchilar Kopengagen shahar hokimyat ma’muriy binosi  (ratushasi) yonida to‘planib Grenlandiyaning qizil-oq rangli bayroqlarini ko‘targan holda “Grenlandiya sotilmaydi!”, “Grenlandiyadan qo‘lingni tort” deb baqirishgan. Kopengagen meri Sisse Mari Velling namoyishda so‘zga chiqib, orol tovar emasligini va uning taqdiri faqat grenlandiyaliklarning xohishiga bog‘liq ekanini qat’iy ta’kidlagan.

“Biz Grenlandiyaning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi va uning xalqiga nisbatan hurmat talab qilamiz. Bu shunchaki Grenlandiya uchun kurash emas, balki butun dunyo tinchligi va adolati yo‘lidagi kurashdir”, degan “Grenlandiyadan qo‘lingni tort” fuqarolik tashabbusi asoschisi Poul Yoxannessen o‘z intervyusida.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  Kopengagendagi namoyishlar boshlanishi arafasida AQSH Kongressining bir guruh a’zolari prezident Donald Trampning rejasiga keskin qarshi ekanini bildirgan. Xususan, Delaver shtatidan saylangan senator-demokrat Kris Kuns Daniya poytaxtida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Grenlandiya Daniyaga tegishli ekanini ta’kidlab, orolning huquqiy maqomi bo‘yicha bahslarga chek qo‘yish kerakligini ta’kidlagan.  Senatorning bu bayonoti Vashingtonning siyosiy doiralari orasida Grenlandiya masalasida yakdillik yo‘qligini va Kongress Daniyaning suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATOning uchta davlati – Germaniya, Shvetsiya va Norvegiya Grenlandiyaga qo‘shin yuborgani haqida xabar berilgan edi. 

Shahnoza Qurbonboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp Daniya Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing