Isroilning Livanga bergan zarbalari qurbonlari mingdan oshdi
Olam
−
24 mart 3301 1 daqiqa
Joriy yil 2 martdan beri Isroilning Livanga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1072 kishiga yetdi, 2966 kishi jarohatlandi. Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotida so‘z boradi.
“2 martdan beri davom etayotgan tajovuz oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 1072 kishini, yaradorlar soni esa 2966 kishini tashkil etdi”, deyiladi hisobotda.
Bayonotga ko‘ra, oxirgi sutkaning o‘zida 33 kishi halok bo‘lgan va 90 kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi keskinlik 2 martga o‘tar kechasi, mintaqadagi vaziyatning keskin yomonlashuvi fonida Livan harakati Isroil hududiga raketa hujumlarini qayta boshlaganidan keyin boshlandi. Bunga javoban Isroil Livanning janubiy hududlari, Bekaa vodiysi va Bayrut atrofiga keng ko‘lamli zarbalar berishga kirishdi. Isroil armiyasi 16 mart kuni Livan janubida quruqlikdagi operatsiya boshlanganini rasman e’lon qildi.
Shu bilan birga, 2024 yil noyabr oyida xalqaro vositachilik orqali erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvlarga Isroil tomonidan amalda rioya qilinmadi. Livan rasmiylari Isroil tomonidan muntazam ravishda qoidabuzarliklar sodir etilayotganini bir necha bor ta’kidlagan.
Live
Barchasi