Qashqadaryoda Nexia Cobalt bilan to‘qnashdi. Qurbon bor (video)

3-sahifa

image

Bugun, 7 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia-2 va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, soat 17:20 larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1257 kilometrida Nexia-2 va Sobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Avtohalokat oqibatida 1 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan, 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan tuman tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. 

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoning “Nasaf” futbol klubi muxlislari Namanganning “Navbahor” klubi bilan o‘yindan so‘ng Qashqadaryoga qaytayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Oqibatda bir kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Cobalt Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing