Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi. Qurbon bor

Olam

image

Bugun, 27 may kuni Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida aviatsiya-kimyoviy ishlarni bajarayotgan An-2 samolyoti halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi yuqori kulanishli elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Havo kemasi “Yengil va o‘ta yengil aviatsiya ekspluatantlari” (ELISA) yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan ekspluatatsiya qilingan va aviatsiya-kimyoviy ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan, shundan so‘ng halokat yuz bergan.
Bortda ikki kishi bo‘lgan. Ulardan biri halok bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchi Favqulodda vaziyatlar departamenti qutqaruvchilari tomonidan samolyotdan olib chiqilgan.

“Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ushbu aviatsiya hodisasi Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligining Transportdagi baxtsiz hodisalar va insidentlarni tekshirish departamenti tomonidan tekshiriladi. Voqea joyiga departament xodimlari yuborildi”, deya bayonot bergan Qozog‘iston Transport vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Aydaxo shtatidagi Mauntin-Xoum aviabazasi hududida o‘tkazilgan Gunfighter Skies aviashousi vaqtida osmonda ikki qiruvchi samolyot to‘qnashib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

halokat Qozog'iston samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing