Koreyaga yuborishini aytib 65 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln pullarini qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.R. fuqaro E.M. ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini Koreya davlatiga ishlashga yuborishni va’da qilib, evaziga 65 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida AQSHga ishga yuborishini aytib fuqarodan 75 ming dollar olgan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Jizzax Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing