Jizzaxda avtobus ag‘darilib ketdi. Jarohatlanganlar bor
3-sahifa
−
18 aprel 5024 1 daqiqa
Jizzax viloyati hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 aprel kuni soat 06:45 lar atrofida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 957 kilometrida Nukus-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan Yutong rusumli, yo‘lovchi tashuvchi transport vositasining haydovchisi boshqaruv vaqtida hushyorlikni yo‘qotgan. Shundan so‘ng, u yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismidagi yo‘lni ikkiga ajratuvchi beton to‘siqqa urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida ikki nafar jabrlangan fuqaro Zarafshon shahar tibbiyot bo‘limiga yetkazilgan.
Live
Barchasi18 aprel