Mehmonxonada qimor o‘ynaganlar qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
16 aprel 2278 1 daqiqa
Jizzax shahridagi Bobur mahallasi hududida joylashgan mehmonxonada o‘zboshimchalik bilan tashkil etilgan qimorxona faoliyati to‘xtatildi. Bu xaqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, o‘yin ishtirokchilari Jizzax shahrida yashovchi 1985, 1996 va 1992 yilda tug‘ilgan shaxslar bo‘lib chiqqan. Ulardan 3 dona o‘yin kartalari, 200 AQSH dollari va 4 mln 680 ming so‘m miqdordagi pullar daliliy ashyo sifatida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Habar berilishicha, ayni vaqtda mehmonxonada qimor o‘yini tashkil etgan shaxslarning harakatlariga qonuniy baho berilib, Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qimorxona tashkil qilgan 1998 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan edi. Shuningdek, tezkor tadbir davomida voqea joyidan pullar, rezina tayoq, o‘yin kartalari dalili ashyo sifatida olingan.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi