Krouford Madrimovdan so‘ng Alvaresni ham mag‘lub etdi
Sport
−
14 Sentabr 13722 1 daqiqa
13 sentyabrdan 14 sentyabrga o‘tar kechasi AQSHning Las-Vegas shahrida professional boksning katta kechasi bo‘lib o‘tdi. Yengil, yarim o‘rta vazn, yarim o‘rta va o‘rta vazn toifalarida qatnashadigan amerikalik professional bokschi Terens Krouford ikkinchi o‘rta vazn toifasida meksikalik bokschi Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.
Krouford jangda g‘alaba qozonib, hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, (116-112, 115-113, 115-113), WBC, WBA, WBO, IBF va The Ring kamarlarini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Terens Krouford 2024 yilning 4 avgustida professional boksning WBA yo‘nalishidagi sobiq chempion – Isroil Madrimov bilan to‘qnash kelgan va unda ochkolar hisobiga ko‘ra Krouford g‘alaba qozongan.
Live
Barchasi