Olimpiada uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalari tasdiqlandi

Sport

image
Xalqaro Olimpiyada qo‘mitasi (XOQ) 2028 yilda Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun boks bo‘yicha yangi vazn toifalarini rasman tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun saralash tizimi World Boxing tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Olimpiya turniri tarixda birinchi marta to‘liq gender tenglik asosida o‘tkaziladi. Erkaklar va ayollar yettitadan vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. Musobaqada jami 248 nafar sportchi ishtirok etadi – erkaklar va ayollar o‘rtasida 124 nafardan.

2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida boks bo‘yicha medallar quyidagi vazn toifalarida o‘ynaladi:

Erkaklar:
  • -55 kilogrammgacha;
  • -60 kilogrammgacha;
  • -65 kilogrammgacha;
  • -70 kilogrammgacha;
  • 80 kilogrammgacha;
  • -90 kilogrammgacha;
  • -90 kilogrammdan yuqori.

Ayollar:
  • -51 kilogrammgacha;
  • -54 kilogrammgacha;
  • -57 kilogrammgacha;
  • -60 kilogrammgacha;
  • -65 kilogrammgacha;
  • -70 kilogrammgacha;
  • 75 kilogrammdan yuqori.

Olimpiya o‘yinlariga saralash bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ilk saralash musobaqasi 2027 yilda Qozog‘istonda o‘tadigan Jahon chempionati bo‘ladi. Shundan so‘ng 2027 va 2028 yillarda qit’a musobaqalari tashkil etiladi. Saralash bosqichi 2028 yilda o‘tkaziladigan ikki jahon saralash turniri bilan yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, World Boxing 2023 yil aprel oyida tashkil etilgan. 2024 yil may oyida tashkilot XOQ bilan birinchi rasmiy uchrashuvini o‘tkazgan va 2025 yil fevral oyida Olimpiya harakati doirasida vaqtinchalik xalqaro federatsiya sifatida tan olingan.

Maqola muallifi

Teglar

boks XOQ Olimpiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing