Maduroning qo‘lga olinishi uchun pul tikkan AQSH harbiysi ushlandi

Olam

image

AQSHda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyasida ishtirok etgan harbiy maxfiy ma’lumotlardan foydalanib, pul tikish orqali daromad qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Nyu-York federal prokuraturasi ma’lum qildi.

Tergovga ko‘ra, 38 yoshli master-serjant Gannon Ken Van Dyke 2025 yil dekabr – 2026 yil yanvar oylarida Karakasdan Maduroni olib chiqish operatsiyasini tayyorlashda qatnashgan va shu bilan birga Polymarket platformasida maxfiy ma’lumotlardan foydalangan holda pul tikkan.

Rasmiylarga ko‘ra, u AQSH qo‘shinlarining Venesuelaga kiritilishi va Maduro hokimiyatdan ag‘darilishi kabi voqealarga jami 13 ta tikish qilgan hamda 400 ming dollardan ortiq daromad topgan. Operatsiyadan so‘ng u mablag‘larni kriptovalyutaga o‘tkazib, akkauntini o‘chirishga uringan.

Tergov organlari harbiy o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalangan deb hisoblamoqda. U maxfiy davlat ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda. Unga 20 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni AQSH maxsus kuchlari Karakasda operatsiya o‘tkazib, Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga olib AQSHga olib ketgan edi. CBS xabariga ko‘ra, operatsiyada “Delta” maxsus bo‘linmasi qatnashgan. Ularga “narkoterrorizm”, giyohvand moddalar kontrabandasi va qurol saqlash ayblovlari qo‘yilgan.

Venesuela rasmiylari esa ushbu voqeani harbiy agressiya deb baholagan va yanvar boshidagi hodisalarda 100 ga yaqin odam halok bo‘lganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Nikolas Maduro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing