G‘alati messej: Rubio Xitoyga Maduro o‘g‘irlangan tundagi libosda otlandi

Olam

image

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Xitoyga tashrifi uchun Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning o‘g‘irlanganidan keyingi kiyimiga o‘xshash kostyumni tanladi. Uning Nike kompaniyasining sport kiyimida tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda memlarga sabab bo‘lmoqda. 

“Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori hozirgina davlat kotibi Rubioning Air Force One bortida, Maduro kiygan sport kiyimida tushgan ushbu suratini ulashdi”, deb yozdi X ijtimoiy tarmog‘ida muxbir Kelli Meyer Stiven Chung tomonidan e’lon qilingan suratga izoh berar ekan.

Jurnalistning ta’kidlashicha, bu surat Prezident Donald Trampning Venesuelani AQSHga 51 shtat sifatida qo‘shish g‘oyasini bildirgan intervyusidan bir kun o‘tib paydo bo‘lgan.

Joriy yilning 3 yanvar kuni AQSH Venesuelaga yirik zarba berdi. Prezident Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, Nyu-Yorkka olib ketilgan. AQSH rasmiylariga ko‘ra, ular narkoterrorizmga aloqador bo‘lgan. Bungacha vitse-prezident lavozimida ishlagan Delsi Rodriges Venesuelaning muvaqqat prezidenti bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Vashington va Karakas diplomatik munosabatlarni tiklash jarayonini boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela Nikolas Maduro Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing