Mandatdan norozilar uchun apellyatsiya berish muddati e’lon qilindi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 15 avgustdan 24 avgustga qadar (10 kun davomida) apellyatsiya berishi mumkin. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, apellyatsiya arizalari my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda qabul qilinadi. Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish joriy yil 21 avgustdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari chiqqani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

abiturient apellyatsiya Mandat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing