Namanganda Hajga yuborish uchun 26 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
20 aprel 2180 1 daqiqa
Haj ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining asosiy farzlaridan birini ado etish uchun noqonuniy yo‘llar bilan Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan.
Maxsus xodimlar hamkorligida Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida Umra ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.
Live
Barchasi