Navoiyda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi qamoqqa olindi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni qiynab, do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 7 aprel kuni Navoiy shahar “Yangiariq” MFYda joylashgan fuqaro S.S. rahbarligi ostida bo‘lgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida sodir etilgan. Mazkur ta’lim muassasasida tarbiyachi bo‘lib ishlab kelayotgan 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro E.N. o‘zining qaramog‘i ostidagi guruhida tarbiyalanayotgan bolalarni go‘yoki, tartibga solish usuli sifatida ayovsiz kaltaklagan.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida gumonlanuvchi tomonidan joriy yilning mart oyidan aprel oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida qaramog‘ida bo‘lgan bolalarni o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyati cheklanganligi va ojiz ahvolda ekanligidan foydalanib, do‘pposlash va zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan boshqa harakatlar bilan muttasil ravishda qiynab kelgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan E.N.ga nisbatan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va fuqaro gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuniga ko‘ra aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolalardan biriga jismoniy kuch ishlatib, uni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan tarbiyachi ishdan olingani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing