Osiyo chempionati. Finalda jang qilgan 2 o‘zbekistonlik bokschi mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
09 aprel 6893 1 daqiqa
Mongoliyada boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun, 9 aprel kuni O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili oltin medal uchun kurashda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Aziza Zokirova xitoylik Bao Sziga qarshi jangda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, -80 kg vazn toifasida qozog‘istonlik Nadejda Ryabetsda O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili Ruhshona Parpiyevani 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa har ikkala o‘zbekistonlik bokschi turnirning kumush medallari bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarida -57 kg vazn toifasida jang qilgan Nigina O‘ktamova va -60 kg vazn toifasida Abdurahmon Mahmudjonov, +80 kg vaznda Oltinoy Sotimboyeva va -70 kg vaznda Oysha Toirova mag‘lub bo‘lib bronza medallarga ega chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘shanda O‘ktamova yarim final bahsidan so‘ng hakamlardan norozi ekanligini bildirgandi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi