Olimpiadada medallar jamg‘arishda qaysi davlat yetakchi?
Sport
−
09 fevral 1697 1 daqiqa
Kecha, 8 fevral kuni Italiyaning Milan va Kortina shaharlarida o‘tayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarining ikkinchi kungi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Hozirgi vaqtda medallar jamg‘arish bo‘yicha Norvegiya delegatsiyasi yetakchilik qilmoqda – ular hisobida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bor.
Milan–Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida musobaqalarning ikkinchi kunidan so‘ng AQSH delegatsiyasi Norvegiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Amerikaliklar hisobida hozircha 2 ta oltin medal mavjud.
Mezbon Italiya delegatsiyasi esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medal bilan kuchli uchlikka yakun yasab turibdi.
Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP–10 talik quyidagicha:
- Norvegiya – 3 oltin, 1 kumush, 2 bronza;
- AQSH – 2 oltin;
- Italiya – 1 oltin, 2 kumush, 6 bronza;
- Yaponiya – 1 oltin, 2 kumush, 1 bronza;
- Avstriya – 1 oltin, 2 kumush;
- Germaniya – 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza;
- Chexiya – 1 oltin, 1 kumush;
- Fransiya – 1 oltin, 1 kumush;
- Shvetsiya – 1 oltin, 1 kumush;
- Shveysariya – 1 oltin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida ikki nafar sportchi mamlakat sharafini himoya qilmoqda. Jumladan, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom yo‘nalishlarida, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofasi bo‘yicha qishki Olimpiada bahslarida ishtirok etmoqda.
Live
Barchasi