PPX xodimi yosh qizlarga tegajog‘lik qilgani rad etildi (video)
3-sahifa
−
29 aprel 7966 2 daqiqa
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Patrul-post xizmati xodimi 2 nafar voyaga yetmagan, 14 yoshli qizlarni zo‘rlik ishlatib toqqa olib chiqqani va ularga tegajog‘lik qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Surishtiruvlar davomida tarqatilayotgan xabarda keltirilgan iddaolar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 27 aprel kuni, soat tungi 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga, tanishi 22 yoshli A.K. (ayol) qo‘ng‘iroq qilib, undan maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan.
PPX xodimi yetib borgan vaqtida, 22 yoshli A.K.(ayol) bilan uning 14 yoshli qiz tanishi birga chiqib, xodimning mashinasiga o‘tirgan.
Shu vaqtda 18 yoshli A.X., 4 nafar tanishlari bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal ko‘targan.
Qayd etilishicha, o‘zini “akasiman” deb tanishtirgan yigit aslida 14 yoshli qizning hech qanday qarindoshi hisoblanmaydi.
“Holatda voyaga yetmagan qizning ishtiroki bo‘lgani sababli, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan. Ish yakuniga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
Qizning iddaosi
Mashinada bo‘lgan 14 yoshli qiz holatni boshqacha tasvirlaydi. Uning ta’kidlashicha, o‘sha kuni kechqurun dugonalari bilan ko‘chada o‘tirgan vaqtida ularning oldiga Spark avtomobili kelib to‘xtagan va ularni majburan mashinaga mindirgan.
“Bizning oldimizga Spark avtomashinasi keldi va haydovchi menga mashinaga o‘tirishimni ayta boshladi. Men rad etdim, lekin u qo‘pol tarzda menga avtomobilga o‘tirishimni aytdi. Men uni xodim, menga hech narsa qilmaydi, deb o‘yladim. Mashinaga o‘tirganimdan so‘ng, u bizni juda uzoqqa olib ketdi, mashinani o‘chirib, bizga tegajog‘lik qila boshladi”, degan 14 yoshli qiz.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hodisa yuzasidan ma’lumot berib, tergov boshlanganini ochiqlagan.
“Ichki ishlar vazirligining Ichki xavfsizlik bo‘limi prokuratura bilan birgalikda ushbu hodisa bo‘yicha darhol tergov boshladi. Hodisaning barcha ishtirokchilari va holatlari aniqlandi. Nashrlarda tilga olingan xodim lavozimidan chetlashtirildi. Agar da’vo qilingan harakatlar tasdiqlansa, ularning harakatlari jinoiy javobgarlikka tortiladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi