“Real” himoyachisi jarohat sabab shifoxonaga yotqizildi

Sport

image

Kecha, 25 fevral kuni Madridning “Real” klubi himoyachisi Raul Asensio “Benfika”ga qarshi bahsda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etdi. Hozirda futbolchi shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

“Real Madrid” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa futbolchining holati haqida ma’lumot bergan. 

“Aftidan, Asensioning jarohati unchalik jiddiy emas. Bu bo‘yin jarohati”,  deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Ma’lumot uchun, UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Benfika”ga qarshi kechgan (2:1) javob uchrashuvining 77-daqiqasida Asensio jarohat oldi. U maydonni zambilda tark etdi va uning o‘rniga David Alaba maydonga tushdi.

Mazkur vaziyatda Asensio jamoadoshi Eduardo Kamavinga bilan to‘qnashib ketdi. Holat raqib jarima maydonchasida havodagi to‘p uchun kurash paytida yuz berdi. Kamavinga ham ispaniyalik himoyachi o‘zini tiklay olmadi va almashtirilishga majbur bo‘ldi.

Ushbu bahsda “Real Madrid” “Benfika” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasi nimchorak final bosqiga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” “Benfika” Raul' Asensio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing