“Real” Konate bilan kelishuvga erishdi

Sport

image
“Liverpul” himoyachisi Ibrohim Konatening “Real Madrid”ga o‘tishi Joze Mourino tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mourino 27 yoshli Konatening Madrid jamoasi bilan mavsumoldi yig‘inidan so‘ng, jismoniy holati yanada yaxshilanishini kutmoqda.

Shuningdek, Mourinoning bosh murabbiy sifatidagi taqdimoti va Konatening transferi 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “Real Madrid” prezidentligi saylovidan keyin yakunlanishi kutilmoqda. Saylovda amaldagi prezident Florentino Peres hamda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelme ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Konate 2025-2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Konate Fransiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilgan. “I” guruhida fransuzlar Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” “Real Madrid” Ibrohim Konate

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing