Rossiyada neft ombori portladi. Bir nechta aeroportlar vaqtinchalik yopildi

Olam

image

Bugun, 10 yanvar kuni Rossiyaning Volgograd viloyatidagi neft ombori yonib ketdi. Yong‘inga sabab Ukraina tomonidan uchirilgan dronlar ekanligi aytilmoqda. Aholini dron hujumidan himoya qilish maqsadida qishloqdagi maktablarning birida vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan. Bu haqda ”RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning bir nechta mintaqalariga dron hujumlarini uyushtirgan. Mahalliy amaldor Andrey Bocharovning so‘zlariga ko‘ra, Volgograd viloyatida dron qoldiqlari tushib ketganidan keyin neft ombori yonib ketgan. Qurbonlar haqida dastlabki ma’lumotlar yo‘q.

Aholini evakuatsiya qilish zarur bo‘lgan taqdirda, Oktyabrskiy qishlog‘idagi maktabda vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan.

Dron hujumlaridan so‘ng Rossiyadagi Volgograd, Gelenjik, Krasnodar va Cheboksari aeroportlarida kirish va chiqish reyslariga cheklovlar qo‘yilgan. Shuningdek, Moskvaning Domodedovo va Jukovskiy aeroportlari ham 10 yanvarga o‘tar kechasi faoliyatini to‘xtatgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 10 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya hududlari va bosib olingan Qrim ustida jami 59 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaga “Oreshnik” bilan zarba bergani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yong'in neft' Ukraina dron aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing