Rossiyadagi qurilishda vafot etgan yigit surxondaryolik ekani aniqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi huzuridagi sud departamenti qurilish ob’ektida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Bosh konsullik va O‘zbekistonning Moskvadagi Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida vafot etgan shaxs 2001 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.U. ekanligi aniqlangan. U joriy yilning aprel oyidan buyon Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan va metall konstruksiyalar montajchisi sifatida ishlagan.

A.U. joriy yilning 16 sentyabr kuni yuqorida qayd etilgan qurilish ob’ektida montaj ishlari vaqtida 15 metr balandlikdan yiqilib, vafot etgan. Jasad keyinchalik morgga yuborilgan. Hozirda tergovchilar ushbu holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda va jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Bildirilishicha, ayni vaqtda Bosh konsullik va Migratsiya agentligi vakolatxonasi marhumning yaqinlari bilan aloqada bo‘lib, uning jasadini vatanga qaytarishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Kuraginskiy tumanidagi konda 30 yoshli o‘zbekistonlik erkak tog‘ massasi bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg migrant qurilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing