Saloh “Liverpul”ni tark etishi mumkin

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh  jamoaning APLdagi so‘nggi ikkita o‘yinida zaxira o‘rindig‘ida qoldirilganidan so‘ng klubdagi holatdan norozi. Shu sababli Saudiya Arabistoni Superligasi mutasaddilari yanvar oyida Salohni nisbatan arzon narxda sotib olishlariga ishonch bildirmoqda. Bu haqda “Caught offside” nashri xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Misr terma jamoasi futbolchisi yanvar oyida “Liverpul”ni tark etishi mumkin, Saudiya Arabistoni unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 33 yoshli misrlik hujumchi “Liverpul”ning Premer-ligadagi so‘nggi ikki o‘yinida zaxirada qoldi va ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Muhammad Saloh joriy yozda Saudiya Arabistoni jamoalari tomonidan berilgan taklifni rad etib, “Liverpul” bilan shartnomani uzaytirgan edi. Biroq hozirgi kunda misrlik futbolchi klubdagi unga bo‘layotgan munosabatdan norozi ekani ma’lum bo‘ldi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Liverpul” jamoasining ayrim a’zolari Salohning klubdan tashqarida bo‘lishi jamoaning umumiy muvozanatiga yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda. Biroq Arne Slot Salohni zaxirada qoldirish qarorini hali rasmiy tasdiqlamagan, shuning uchun u keyingi o‘yinda asosiy tarkibga qaytishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Premer-liga jamoasi “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotga Muhammad Salohni o‘yinlarini tanqid qilib, futbolchini iste’foga chiqarishni ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Muhammad Saloh “Liverpul'”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing