Shomurodov Turkiyada mavsumning ramziy jamoasiga kirdi
Sport
−
10:37 1639 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov EA Sports talqiniga ko‘ra, Turkiya Superligasi 2025-2026 yilgi mavsum ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda Istanbul klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Eldor Shomurodov 2025 yilning yozida “Bashakshehir” safiga kelib qo‘shildi va dastlabki mavsumidayoq klubning asosiy futbolchisiga aylandi. U Turkiya Superligasi joriy mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shu ko‘rsatgich bilan Eldor jamoasining eng sermahsul futbolchisi bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Turkiya Superligasi to‘purarlar kurashida ham yetakchilar qatorida bormoqda. “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu 22 ta gol bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa. Eldor Shomurodov undan 2 ta gol kam urgan holda ushbu kurashda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, mavsum yakunlanishiga ikkita tur qolganda “Bashakshehir” 51 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 6-pog‘onada bormoqda. Istanbulliklar keyingi mavsumda yevrokuboklarga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarga ko‘tarilish imkoniyatini yo‘qotgan.
Live
Barchasi