Turkiyada kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Turkiyada kuchli bo‘ron va jadal yog‘ingarchiliklar sabab yuzaga kelgan hodisalar oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va 33 kishi esa jarohatlandi. Bu haqda Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3–4 may kunlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli mamlakatning 51 viloyatida momaqaldiroqli yomg‘ir, qor yog‘ishi va kuchli shamol sabab “sariq ogohlantirish” e’lon qilingan. “Sariq” darajadagi ogohlantirish berilgan hududlarda jami 5 126 nafar xodim va 2 049 ta texnika favqulodda vaziyatlarga javob berish uchun safarbar etilgan.

Kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar sabab yuzaga kelgan hodisalarda 2 kishi halok bo‘lgan, 33 kishi jarohat olgan va jarohatlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani bildirilgan. Yopilib qolgan yo‘llarda avtomobil yo‘llari xizmati, viloyat maxsus boshqarmalari va mahalliy hokimlik jamoalari tomonidan tozalash ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Diyorbakir viloyati Ergani tumanida yomg‘irdan panoh topish uchun daraxt ostiga yashiringan bolalarni chaqmoq urgandi. Oqibatda ularning biri halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya yog'ingarchilik sariq ogohlantirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing