Ter Shtegen “Barselona”ni nega tark etgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
20 yanvar 2378 1 daqiqa
“Barselona” jamoasi darvozaboni Mark-Andre Ter Shtegen bosh murabbiy Xansi Flik tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi qarorlar ortidan klubini tark etishga qaror qilgan. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Flikning Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida “Racing”ga qarshi bahsda ispaniyalik darvozabon Joan Garsiyani asosiy tarkibda qoldirish haqidagi qarori germaniyalik posbon uchun burilish nuqtasi bo‘lgan.
Nashrga ko‘ra, kubok bahslarida asosiy darvozabon sifatida maydonga tushishni rejalashtirgan Ter Shtegen Flikning bu qaroridan so‘ng Garsiya jarohat olmasa, mavsum oxirigacha zaxirada qolishiga amin bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, Ter Shtegen allaqachon klub rahbariyatiga boshqa jamoaga o‘tishga tayyor ekanini bildirgan va 2025 yilning iyun oyiga qadar “Jirona” bilan ijara asosida kelishuvga erishishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Ter Shtegen 2014 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 423 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 176 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark-Andre Ter Shtegen o‘z faoliyatini Kataloniyaning boshqa bir jamoasi – “Jirona”da davom ettirishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi