“Barselona” yetakchisi 1 oyga safdan chiqdi
Sport
−
22 yanvar 2280 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Pedrining Chexiyaning “Slaviya” jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Endi ispaniyalik futbolchi bir oy davomida jamoasiga yordam berolmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun ertalab o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar Pedrining o‘ng oyog‘idagi son mushagida jarohat borligini tasdiqladi. Ushbu jarohat “Slaviya Praga”ga qarshi o‘yinda olindi. Sog‘ayish jarayoni taxminan bir oy davom etishi kutilmoqda”, deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun, “Barselona” “Slaviya Praga”ga qarshi o‘yinda Fermin Lopesning dubli, Olmo va Levandovskiyning gollari evaziga 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu mavsumda 23 yoshli Pedri Ispaniya La Ligasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Live
Barchasi