“Barselona” safarda “Slaviya Praga”ni mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
22 yanvar 905 1 daqiqa
Kecha, 21 yanvar kuni UEFA Chempionlar ligasining 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida Ispaniyaning “Barselona” jamoasi safarda Chexiyaning “Slaviya Praga” klubini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Vasil Kushey hisobni ochdi. 34-daqiqaga kelib Lermin Lopes muvozanatni tikladi. 42-daqiqada esa Lopes o‘zining ikkinchi golini urib, “Barselona”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Robert Levandovskiyning avtogoli sabab hisob yana tenglashdi.
Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Dani Olmo jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, kataloniyaliklarni yana oldinga chiqardi. 70-daqiqada Levandovskiy gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Uchrashuv 4:2 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, “Barselona” Chempionlar ligasi turnir jadvalida 13 ochko jamg‘argan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Slaviya Praga” esa 3 ochko bilan 34-o‘rinda qolmoqda.
Navbatdagi turda kataloniyaliklar o‘z maydonida “Kopengagen”ni qabul qiladi. Pragaliklar esa “Pafos” maydoniga safar qiladi.
Live
Barchasi