Toshkent shahri va viloyati orasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat
−
03 mart 5016 1 daqiqa
Bugun, 3-mart kunidan boshlab 10A-sonli Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi” bekatidan Toshkent shahridagi “Yunusobod 12-dahasi” bekatigacha harakatlanadigan avtobus yo‘nalishi ishga tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘nalish harakati Xo‘jaqo‘rg‘on, Yenbekshi, Buvra ota, Yo‘ldosh Oxunboboyev, Charog‘on, Oliygoh, THAY, Chinobod, Yangi shahar va Ahmad Donish ko‘chalari orqali “Yunusobod 12-dahasi” bekatiga qadar tashkil etilgan.
Avtobuslar ish tartibi 05:30 dan 21:55 gacha deb belgilangan.
Ochiq tender savdolari natijalariga ko‘ra tuzilgan brutto shartnoma asosida mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi “Toshshahartransxizmat” AJning “5-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan. Yo‘nalishga katta sig‘imli 10 ta Mercedes Benz rusumli avtobus jalb etilgan.
Live
Barchasi