Toshkent viloyatidagi 3 ta hibsxona tugatildi
Jamiyat
−
27 avgust 11965 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ma’lum qildi.
Bildirilishicha, ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025 yilning iyun oyida Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasida Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.
Ombudsmanga ma’lum qilinishicha, monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, Quyi Chirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatilgan. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlangan. Sayr qilish hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi)da ta’mirlash ishlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlashtirilgan.
Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati Ichki ishlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan tugatilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatining Izboskan tumanida mahbuslari majburiy mehnatga jalb qilingan Vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari lavozimidan ozod etilgandi.
Live
Barchasi