Qibrayda 6 sotix yerni 54 ming dollarga sotishga uringanlar ushlandi

Olam

image

Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligining 6 sotix yer maydonini 54 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentining Qibray tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va M.T. fuqaro F.Sh. ning ishonchiga kirib, tumandagi “I.O.” fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan yer maydonining go‘yoki toifasini o‘zgartirib, 6 sotixini 54 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 25 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 3,5 gektar yer maydonini 1 mlrd 500 mln so‘mga sotishga uringan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qibray

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing