Toshkent viloyatida 1 apreldan chiqindi tashish tariflari oshadi
Jamiyat
−
25 mart 2800 1 daqiqa
Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashi maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 aprelidan Toshkent viloyatida aholi uchun maishiy chiqindilarni olib chiqish tariflari qariyb 40 foizga, yuridik shaxslar uchun esa 20 foizga oshadi.
Aholi uchun chiqindi tashish to‘lovi har bir kishi uchun oyiga 7 840 so‘mdan 10 864 so‘mgacha oshadi (qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan). QQSsiz hisoblanganda tarif 7 000 so‘mdan 9 700 so‘mgacha oshadi (+38,6 foiz).
Yuridik shaxslar uchun chiqindilarni olib chiqish tarifi 1 kubometr uchun 82 880 so‘mdan 97 316,8 so‘mgacha oshadi (QQS bilan). QQSsiz esa 74 000 so‘mdan 86 890 so‘mgacha (+17,4 foiz).
Tariflar “Toza hudud”, “Zero-waste”, “Zangiota Obodon”, “Angren Bunyod Fayz”, “Rahnamo Servis” va “Ohangaron sanitariya tozalash” korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga tatbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Namangan shahrida yerosti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etilgandi.
Live
Barchasi