Toshkentda avtobus velosipedchini urib ketdi 

3-sahifa

image

Kecha, 7 fevral kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida avtobus va velosiped o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 21:50 larda tumanning Alisher Navoiy ko‘chasida 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli avtobus hamda 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi velosiped to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH ortidan velosiped haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv YTH Toshkent velosiped avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing