Toshkentda noqonuniy dorilar saqlangan ombor fosh etildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashirin ombor fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi shaxs o‘z yashash xonadonida xorijdan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlab, poytaxtdagi dorixonalarga sotish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Omborni ko‘zdan kechirish davomida jami 119 turdagi, 3356 qutida bo‘lgan 76318 dona “Frotu”, “Budenofalk”, “Gavisson”, “Baraslude” va boshqa nomdagi dori vositalari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ularning dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hozirda dori vositalaridan namunalar olinib, ekspertiza o‘tkazish uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining “Navoiy” hamda “Oybek” chegara bojxona postida amaldagi talablarga zid ravishda umumiy qiymati 175,5 mln so‘mni tashkil qiluvchi biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini olib kirishga urinishlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dori yashirin ombor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing