Toshkentda “bankir”lar mijozning $500 000 pulini o‘mardi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tijorat bankining mas’ul shaxslari mijozning bankka omonat uchun qo‘ygan 500 ming dollar pulini talon-toroj qildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning bank omonatiga qo‘ygan 500 000 AQSH dollarini soxta hujjatlar asosida qo‘lga kiritib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda bank bosh yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bankir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing