25 yoshli yarim yalang‘och yigit yo‘l o‘rtasida “tomosha ko‘rsatdi”

3-sahifa

image

Bugun, 8 mayga o‘tar kechasi 25 yoshli yigit Toshkent shahrida yarim tunda yo‘l o‘rtasida yarim yalang‘och yurib, avtomobillar harakatiga xalaqit berdi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, taxminan soat 02:35 larda Olmazor tumani TXAY ko‘chasida 2001 yilda tug‘ilgan S.O., mast holatda yo‘lning qatnov qismiga chiqib olgan. U jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit bergan.

Mazkur holat yuzasidan S.O.ga nisbatan Olmazor tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, yarim yalang‘och yurgan erkak 10 sutkaga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Olmazor mayda bezorilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing