Toshkentni yana suv bosdi (video)

Jamiyat

image
Har bahor shu bo‘lar takror yoxud Toshkentni suv bosdi! north_east

Har bahor shu bo‘lar takror yoxud Toshkentni suv bosdi!

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari va avtomobil yo‘llari suvga to‘lib qolgani aks etgan videolar tarqaldi.

Ushbu videolarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik sabab shaharning turli qismlarida suv to‘lib qolgan. Juda ko‘p miqdordagi suv transport harakatini qiyinlashtirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda suv bosgan ko‘chalarda tom ma’noda suzib yurgan mashinalarning videolarini ko‘rish mumkin. Odamlar tizzasigacha suvga botgani ham ko‘rinadi. Voqea poytaxtda joylashgan Minor metrosi atrofida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Qayd etish joiz, 3 may kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida ham shahar ko‘chalari suvga to‘lgan edi. Bu holatni “Toshkent metropoliteni” irrigatsiya va drenaj tizimlarining o‘z vaqtida tozalanmaganligi bilan izohlagandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutlaqo boshqacha ma’lumot bergan edi. Vazirlikning ta’kidlashicha, suvning katta qismi irrigatsiya-drenaj tizimi orqali tabiiy ravishda chiqib ketgan, ammo bu safar rasmiy munosabat ham berilganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yog'ingarchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing