Toshkentda erkak xotinini o‘ldirish uchun 10 ming dollarga qotil yolladi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida norasmiy nikohdagi xotinini o‘ldirish uchun qotil yollagan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

U o‘z turmush o‘rtog‘i – 1989 yilda tug‘ilgan ayolni o‘ldirish kerakligini aytib, yollanma qotilga kelishilgan 10 ming dollardan 2 ming dollarini bergan. Ish to‘liq amalga oshganidan so‘ng, ya’ni ayol o‘ldirilgach, qolgan pullarni berishni va’da qilgan.

Buyurtmachi yollanma qotilga ayolning yashash manzili, xonadon raqami, avtomobili, kimlar bilan yashashi, qachon uyga kirib-chiqishi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etgan.

Shu kuni jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari jabrlanuvchining hayotini saqlab qolish maqsadida uning o‘limi sahnalashtirilgan maxsus tadbirni amalga oshirgan.

Bu jarayonda oldindan puxta ishlab chiqilgan tezkor reja hamda jabrlanuvchining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayolni o‘ldirish uchun yollangan shaxs esa olingan tezkor ma’lumotlar asosida biroz avval jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor qo‘lga olingan.

Natijada qotil jinoyatni oldini olish maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlik qilgan. Shundan so‘ng joriy yilning 20 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki erkak ko‘rishib, qotil unga turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgani haqidagi xabarni aytgan.

Bu xabarni eshitgan erkak 6,5 million so‘m pullarini hamda jabrlanuvchi ayolning nomida bo‘lgan qora rangli Tracker rusumli avtomashinani qotilga topshirgan. Aynan shu vaqtda jinoyatchi dalili ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Davlatobod tumanida jazmani bilan birgalikda yollanma qotil orqali erini o‘ldirishga uringan ayol qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qotil Tracker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing