Bugundan Toshkentdagi avtobuslarda konditsionerlarni yoqish majburiy bo‘ladi
Jamiyat
−
07 may 1114 1 daqiqa
Bugun, 7 maydan boshlab Toshkent avtobuslarida sovutish tizimi – konditsionerlarning ishlab turishi majburiy bo‘ladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus yo‘nalishlarida havo harorati ko‘tarilishi fonida konditsionerlarning ishlamayotganligi yuzasidan jamoat transportidan foydalanuvchilar ko‘plab e’tirozlar bildirgan. Bu bo‘yicha tashkilot rasmiy munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, tashqi havo harorati 28 darajadan yuqori bo‘lgan hollarda avtobus salonlarida sovitish (konditsioner) tizimlaridan majburiy tartibda foydalanish belgilangan. Bunda salon ichidagi haroratni 26 darajada saqlash talab etiladi.
Mazkur ko‘rsatma ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 7 may kunidan boshlab avtobuslar salonida sovitish tizimi (konditsionerlar) bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Shu bilan birga, qo‘shimcha choralar sifatida konditsioner tizimi nosoz bo‘lgan avtobuslarni yo‘nalishlarga chiqarmaslik va ulardagi texnik nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Shu sababli, barcha haydovchilar bilan konditsionerlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda jamoat transportlarida yo‘l haqini to‘lamagan 30 mingdan ortiq shaxs jazolangani haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi