Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
26 iyul 5511 1 daqiqa
Bugun, 26 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Spark mashinasi haydovchisi bo‘lgan 20 yoshli yigit avtohalokatga uchrab, voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 01:05 larda tumanning Nurafshon ko‘chasida 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng, u beton ustunga to‘qnashib ketgan.
Haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 1 nafar yo‘lovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bildirilishicha, tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida yuk mashinasiga urilgan Damas bo‘linib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi