Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

Jamiyat

image

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ertaga, 4 aprel kuni Toshkent shahrida Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu sababli poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, harbiy bo‘linmalarning tantanali piyoda yurishlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan soat 08:00 da boshlanadi va 12:30 ga qadar davom etadi.

Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan Parkent va Mustaqillik ko‘chalari bo‘ylab Amir Temur jangovar bayrog‘ini ko‘targan holda bugungi kundagi jangovar va kundalik harbiy liboslar bilan birga Amir Temur davriga oid qurol-aslaha va kiyim boshda harakatlanadi. Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasida teatr sahnalari, faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar Mustaqillik va Temiryo‘l ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadi.

Ertaga, 4 aprel kuni yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 08:00 dan 12:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Amir Temur harbiy parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing