Tramp Eronga Jahon chempionatiga bormaslikni maslahat berdi
Sport
−
10:36 1457 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasiga Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bormaslikni maslahat berdi. Bu haqda Prezident o‘zining “Truth Social” tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Trampning ta’kidlashicha, Eron milliy futbol jamoasi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin, biroq u xavfsizlik nuqtai nazaridan buni ma’qul deb hisoblamaydi.
“Eron milliy futbol jamoasi jahon chempionatida qatnashishi mumkin, ammo men ularning ishtirokini o‘z xavfsizligi va himoyasi uchun to‘g‘ri qaror deb hisoblamayman. Bu masalaga e’tibor qaratganingiz uchun rahmat”, deb yozadi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron sport vaziri Ahmad Doniyamali AQSH va Isroil tomonidan Tehronga qarshi o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng mamlakatning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishini rad etgan edi.
Live
Barchasi