“Tuhmat!” Melaniya Tramp Epshteyn haqida keskin bayonot berdi
Olam
−
10 aprel 6964 3 daqiqa
AQSH birinchi xonimi Melaniya Tramp pedofiliyada ayblangan marxum moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. Bu haqda u kecha, 9 aprel kuni Oq uyda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Melaniya Tramp Jeffri Epshteyn ishida omon qolgan jabrlanuvchilar va qurbonlarning yaqinlarini eshitish uchun mamlakat Kongressidan tinglov jarayonini tashkil etish va ulardan Kongress oldida qasamyod bilan guvohlik berish imkoniyatini taqdim etishni so‘ragan.
“Har bir ayol, albatta o‘zi xohlasa, omma oldida o‘z xikoyasini so‘zlab berishga haqli. Shundan so‘ng, ularning ko‘rsatmalari Kongress bayonnomasida rasmiylashtiriladi. O‘shandagina biz voqelikning tub mazmuniga yetib borib, haqiqatga erishishimiz mumkin”, deydi birinchi xonim.
Shuningdek, Oq uy bekasi Epshteyn bilan atigi bir-necha marotaba suhbatlashganini va uning jinoiy faoliyatlaridan mutlaqo bexabar bo‘lganini aytgan.
“Men o‘sha paytda Epshteynning o‘z qurbonlariga nisbatan shavqatsiz zo‘ravonliklar qilishi haqida bilmas edim. Uning jinoiy qilmishlarida hech qachon ishtirok etmaganman. U bilan faqatgina biznes masalasida qisqa muddat suhbatlashganmiz. Men Epshteyn ishining ishtirokchisi emasman. Menga bildirilayotgan ayblovlarning hammasi tuxmat”, deydi Melaniya Tramp.
Bundan tashqari, u haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli mish-mishlarni ham keskin rad etgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda meni obro‘sizlantirish uchun tarqatilayotgan barcha xabarlar yolg‘on. Meni erim Donald Tramp bilan bazmda Epshteyn vositachiligida tanishib qolgan degan gaplar mutlaqo asossiz. Bu harakatlar dushmanlarim tomonidan meni obro‘sizlantirish uchun tashkillashtirilgan pastkash urinishlardir”, deydi Melaniya Tramp.
Qolaversa, birinchi xonim Epshteynning jinoiy sherigi va biznes hamtovog‘i Gisleyn Maksvellni tanimasligini hamda u bilan hech qachon uchrashmaganini da’vo qilgan. U Epshteyn fayllarida e’lon qilingan Maksvellga yozilgan maktubni shunchaki yozilgan odatiy suhbatga “muloyim javob ” bergani bilan izohlagan.
“Nyew York” jurnalida chop etilgan Melaniya va Gisleynning maktubi “Azizim “G”ga” deya boshlanadi.
“Men seni Palm-Bichga kelishingni intiqlik bilan kutyapman. Nyu-Yorkga qaytganingda menga albatta qo‘ng‘iroq qil. Senga maroqli hordiq tilayman. Muhabbat bilan, Melaniya.” deyiladi maktubda.
Qayd etish joiz, birinchi xonimning Oq uyda jurnalistlar bilan maxsus matbuot anjumani uyushtirishi kamdan-kam kuzatiladigan holat hisoblanadi. Melaniya Trampning Epshteyn fayllaridagi xatlari ommaga e’lon qilinganidan so‘ng bir necha kitob va gazetalarda marhum pedofil va Oq uy bekasining munosabatlari to‘g‘risida e’lon qilingan maqola, iqtibos va karikaturalar ortidan bir nechta nashrlar ustidan sud jarayonlari boshlanib ketgan.
“Men hech ikkilanmasdan advokatlarim bunday asossiz yolg‘onlarga qarshi muvaffaqiyatli kurashdik, deya ayta olaman va o‘z obro‘yimni saqlab qolishda davom etaman”, deydi u.
Jumladan, Maykl Vulf o‘zining “Olov va g‘azab” (Fire and Fury) kitobida Melaniyaning Tramp bilan tanishuvini Palm-Beach orolida Epshteyn tomonidan tashkillashtirilganligi to‘g‘risidagi bobi uchun yozuvchiga nisbatan Melaniya Tramp nomidan fuqorolik sudiga ariza kiritilgan. Amerikaning dunyoga mashxur yangiliklar nashri “Daily Beast” ham huddi shunday maqolasi uchun kiritilgan shikoyat arizasidan so‘ng birinchi xonimdan uzr so‘rab, maqolasini qaytarib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik tadbirkor Ilon Maskning otasi Errol Mask Jeffri Epshteyn o‘lmagani, u hanuz tirikligi haqida iddao qilib chiqqan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi