Turkistonda tragediya: 12 kishi yonib ketdi (video)
Olam
−
18 noyabr 8495 2 daqiqa
Bugun, 18 noyabr kuni ertalab Qozog‘istonning Turkiston viloyati Algabas qishlog‘i Jetisay tumanidagi ikki qavatli xususiy turarjoy binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, ulardan 9 nafari esa yosh bolalar. Bu haqda “Otyrar.kz” xabar berdi.
Mahalliy hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, 2009, 2010, 2012, 2015, 2017, 2019, 2021 va 2024 yillarda tug‘ilgan 9 nafar bola vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning 5 nafar: 3 qiz va 2 o‘g‘il farzandi bo‘lgan. Ikkinchi oiladan 2018 yilda tug‘ilgan 1 nafar qiz omon qolgan. Shuningdek, 3 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, 2 kishi va 1 yosh bola reanimatsiya bo‘limida.
Prokuraturaga ko‘ra, oila sunnat to‘yi bayramini nishonlayotgan bo‘lgan. Bayram dastlab restoranda bo‘lib o‘tgan, keyinroq qarindoshlar uni uyda davom ettirgan. Erta tongda uyda yong‘in chiqqan.
Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Kusherov fojia sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirgan, mas’ul idoralarga topshiriqlar bergan va jarohatlanganlarning ahvolini bilish uchun shifoxonaga tashrif buyurgan. Uning aytishicha, yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov to‘liq va xolisona olib boriladi, dafn marosimini tashkil etish esa viloyat hokimligi nazoratiga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 noyabr kuni Turkiyaning Kojaeli viloyati shimoli-g‘arbida atir ishlab chiqaruvchi fabrikada kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi