U-17 Jahon chempionati finalchilari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan U-17 Jahon chempionatida finalga chiqqan jamoalari aniq bo‘ldi. Avstriya va Portugaliya o‘smirlar terma jamoalari yarim finaldagi ishonchli o‘yinlari evaziga turnirning hal qiluvchi bahsiga yo‘l oldi.

Avstriya U-17 terma jamoasi musobaqada tarixiy natijaga erishdi. Mamlakat ilk bor Jahon chempionati finaliga chiqdi. Avstriya yarim finalda Italiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning bosh qahramoni, “Lifering” klubi yarim himoyachisi Yoxannes Mozer bo‘ldi. U 57-daqiqada va uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida gol urib jamoasini finalga olib chiqdi. Bu gollar Mozerning turnirdagi yettinchi va sakkizinchi goli bo‘lib, u musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida yetakchilik qilmoqda. Avstriya shu bilan turnir davomida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan yagona jamoa aylandi. 

Portugaliya esa yarim finalda Braziliya bilan bahs olib bordi. Dohadagi “Aspire Academy Stadiums”da bo‘lib o‘tgan uchrashuv asosiy vaqtda 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida portugaliyaliklar 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Final bahsi joriy yilning 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi nimchorak final bosqichida Italiya U-17 terma jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, turnir bilan xayrlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati final Avstriya U-17 Portugaliya U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing