Uch karra Olimpiada chempioni Aleksandr Dityatin vafot etdi

Sport

image

Taniqli rossiyalik gimnastikachi, uch karra Olimpiada chempioni  Aleksandr Dityatin 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni “Sport-interfax” nashri xabar berdi.

Dityatin 1980 yilgi Moskva Olimpiadasida tarixiy natijaga erishgan edi. U jami 8 ta medal (3 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza) qo‘lga kiritgan. Shu tariqa, u bitta Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medal olgan gimnastikachi sifatida tarixda qolgan. U oltin medallarni shaxsiy ko‘pkurash, halqalar va jamoaviy bahs turlarida qo‘lga kiritgan edi. Dityatin A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti faoliyat yuritayotgan edi.

 “Aleksandr Nikolayevich universitetimiz va butun mamlakat faxridir. U nafaqat iste’dodli sportchi, balki o‘z bilim va tajribasini talabalar bilan saxovatli tarzda baham ko‘rgan ajoyib murabbiy ham edi. Uning fidoyiligi, professionalligi va insoniy fazilatlari unga hamkasblari va talabalarining munosib hurmati va mehrini qozondi”, deyiladi universitet xabarida.

Gersen universiteti rektori Sergey Tarasov sportchining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Dityatin 3 karra Olimpiya chempioni va 7 karra jahon chempioni. U 1980 yilgi Moskva Olimpiadasida har bir dasturda medallarni qo‘lga kiritib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

gimnastika Olimpiada chempion Aleksandr Dityatin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing