Urush deyarli tugadi – Tramp
Olam
−
08:53 11026 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi urush rejalashtirilgan muddatdan tezroq kechayotgani va deyarli yakunlanish arafasida ekanini bildirdi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar rejalashtirilgan grafikdan ancha oldinga o‘tib ketgan. Avvalroq, Oq uyda bu urush bir oydan ortiq davom etishi mumkinligi taxmin qilingan edi.
Trampning ta’kidlashicha, Eronning na floti, na aloqasi, na harbiy-havo kuchlari qolgan, raketalar esa juda kam miqdorda qolgan.
Keyinroq Tramp Florida shtatida Respublikachilar partiyasi tadbirida chiqish qilib, Eronga qarshi urushda g‘alaba yaqin ekanini yana bir bor ta’kidladi. Uning aytishicha, urush “juda tez orada tugaydi”.
AQSH Prezidenti bu harakatni “qisqa muddatli operatsiya” deb atab, uni yovuzlikdan xalos bo‘lish uchun amalga oshirilganini bildirgan.
Shu bilan birga, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Eron armiyasi urushni kengaytirishga tayyor ekanini va uning qachon tugashini Eronning o‘zi belgilashini ma’lum qilgan. Eron harbiylari, shuningdek Isroil va AQSH Eronni bombardimon qilishda davom etar ekan, mintaqadan bir litr ham neft eksport qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiyani qachon tugatish haqidagi qaror AQSH va Isroil tomonidan birgalikda qabul qilinishini ma’lum qilgandi. AQSH Prezidentining aytishicha, bu qaror Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Live
Barchasi